Biz haqimizda

Mazkur sayt Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi buyurtmasi asosida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi “O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy-tadqiqot markazida bajarilgan IL-9224094033-sonli “O‘zbekiston tijorat banklarining raqamlashganlik milliy indeksini ishlab chiqish asosida uning monitoring tizimini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida ishlab chiqilgan.

BRI tizimi orqali banklar o'zlarining raqamlashtirish darajasini baholash, raqobatbardosh pozitsiyalarini aniqlash va raqamli transformatsiya yo'nalishlarini belgilash imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Loyiha maqsadi

Loyiha orqali tijorat banklarining raqamlashganlik darajasini baholab boriladi. Bu oʻz navbatida, raqamlashganlik indeksi asosida banklarning raqamlashtirish sohasidagi ilgʻor va ortda qolgan yoʻnalishlarini aniqlashga yordam beradi. Shuningdek bank sektorida raqamlashtirish darajasini aniqlash, bank xizmatlarining sifatini oshirish, jarayonlarni avtomatlashtirish, mijozlar uchun qulaylik yaratish, hamda barqaror moliyaviy oʻsishga erishishni monitoring qilish va doimiy kuzatib borish uchun. Indeks tarkibiga an’anaviy tijorat banklari kiritilgan bo’lib, raqamli banklar kiritilmagan.

Biz bilan bog'laning

Loyihaga oid savol va fikr-mulohazalaringizni yuborishingiz mumkin.

Telefon

+99871 239-28-35

Manzil

Toshkent shahri Islom Karimov ko'chasi 49-uy

Veb sayt

www.cedr.uz